O'ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA KREDIT VA LIKVIDLILIK RISKLARINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarida kredit riski va likvidlilik riski o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kredit riskining kuchayishi bank likvidligiga qanday ta'sir ko'rsatishi hamda likvidlilik tanqisligi, o'z navbatida, kredit riskining ortishiga qanday sabab bo'lishi mumkinligi ilmiy jihatdan o'rganiladi. Tadqiqot natijalari mazkur risklarni alohida emas, balki yagona risk-menejment tizimi doirasida o'zaro bog'liq holda boshqarish zarurligini ko'rsatadi. Maqola yakunida tijorat banklarida kredit portfeli sifatini oshirish, likvidlilik zaxiralarini mustahkamlash, erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish, stress-test amaliyotini kengaytirish hamda aktiv va passivlarni samarali boshqarish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.