BUXORO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN SUR TUSLI QO‘NG‘IR-O‘TLOQI TUPROQLARDA NITRIFIKATORLAR SONINING SHO‘RLANISH DARAJASI, TUPROQ QATLAMI VA MAVSUMLARGA BOG‘LIQ HOLDA O‘ZGARISHI
Otabek UmarovBuxoro davlat universiteti Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori, b.f.f.d. (PhD)Zahro BafayevaBuxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.f.d. (PhD), DSc doktorantMuyassar OchilovaBuxoro davlat universiteti Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti (PhD)
2026uz
Ochiq kirish: yoʻq
ABI
Annotatsiya
Tadqiqot Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Yangi Hayot massivi hududidagi sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda olib borildi. Ishda nitrifikator mikroorganizmlar sonining sho‘rlanish darajasi, tuproq qatlamining chuqurligi va mavsumlarga bog‘liq o‘zgarishi o‘rganildi. Tuproq namunalari 0-25, 25-50 va 50-80 sm qatlamlardan olinib, mikrobiologik tahlillar ketma-ket suyultirish usuli asosida bajarildi. Natijalar nitrifikatorlar sonining sho‘rlanish kuchayishi va tuproq profilining chuqurlashishi bilan kamayishini, eng yuqori ko‘rsatkichlar esa yuqori qatlamlarda va qulay mavsumiy sharoitlarda kuzatilishini ko‘rsatdi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba