Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI TUPROQLARIDA ANOR (PUNICA GRANATUM L.)NING BIOGEOKIMYOVIY FAOLLIGI

G‘ofurjon ParpiyevМузаффар ОблоқуловTayanch doktorant Guliston davlat universiteti, 120100.Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, IV mavze
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada Mirzacho‘l vohasining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarida yetishtirilgan anor (Punica granatum L.) o‘simligining biogeokimyoviy faolligi va biologik singdirish koeffitsienti tahlil qilingan. Sirdaryo viloyati U.Yusupov va «Dehqonobod» massivlarida fosforning biologik singdirish koeffitsienti mos ravishda 101,65 va 115,24, alyuminiyniki esa 19,60 va 27,38 ni tashkil etgan. Biogeokimyoviy faollikning eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichi U. Yusupov massivida barglarda (210,61), «Dehqonobod» massivida gullarda (203,21) qayd etilgan. Tuproq va o‘simlik organlaridagi elementlar o‘rtasida r=0,7629-0,9851 darajasida ijobiy korrelyatsiya aniqlangan. Natijalar anorning elementlarni biologik to‘plash xususiyatlari hududiy sharoitlarga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar