MАKTАB DIREKTORI KАSBIY KOMPETENTLIGINING MАZMUNI, TUZILMАSI VА KOMPONENTLАRI: INTEGRАTIV YONDАSHUV
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada maktab direktori kasbiy kompetentligining nazariy mazmuni, tuzilmasi va asosiy komponentlari tizimli tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim muassasasini boshqarish sharoitida direktor faoliyati faqat ma’muriy vazifalar bilan cheklanmasligi, balki pedagogik liderlik, strategik boshqaruv, kommunikativ hamkorlik, huquqiy-moliyaviy mas’uliyat hamda raqamli transformatsiyani boshqarish kabi ko‘p qatlamli kompetensiyalar majmuasini talab qilishi asoslanadi. Maqolada direktor kompetentligining integrativ modeli taklif etilib, uning tarkibiy qismlari: boshqaruv kompetentligi, pedagogik liderlik, kommunikativ hamkorlik kompetentligi, strategik fikrlash va o‘zgarishlarni boshqarish, huquqiy-moliyaviy savodxonlik, raqamli kompetentlik kabi bloklar orqali yoritiladi. Har bir komponentning mazmuni, kutiladigan xulq-atvor indikatorlari va amaliy namoyon bo‘lish shakllari izohlanadi.