Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEK ADABIY TILI VA TAYANCH DIALEKT MASALASI: 1929-YILGI MUNOZARALAR VA ULARNING TARIXIY AHAMIYATI

Inomjon AzimovFilologiya fanlari doktori, professor, Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUGulbahor AzimovaNizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti akademik litseyi oʻqituvchisi
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya Maqolada XX asrning 20-yillari oxirida o‘zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilash, tayanch dialektni tanlash va jonli shevalar imkoniyatlaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. 1929-yilgi til va imlo muhokamalarida Mannon Ramz, Abdulla Alaviy, Abdulla Avloniy, Abdurahim Yo‘ldosh, Ashurali Zohiriy, Fitrat va boshqa ziyolilar ilgari surgan qarashlar qiyosiy yoritiladi. Toshkent va Samarqand shahar shevalarini asos qilib olish taklifi, Farg‘ona va Andijon shevalarining mavqeyi, qipchoq lahjalariga munosabat, mumtoz yozma an’ana bilan xalqning jonli tili o‘rtasidagi nisbat asosiy tadqiqot yo‘nalishlarini tashkil etadi. Shuningdek, 1929-yilgi konferensiya qarorlarining adabiy tilni me’yorlashtirishdagi o‘rni hamda ularning sovet mafkurasi bilan bog‘liq jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek adabiy tilini shakllantirish biror shevani mutlaq ustun qo‘yishdan ko‘ra, tarixiy yozma meros, jonli lahjalar va umumxalq ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni izlash jarayoni bo‘lgan. Kalit so‘zlar: o‘zbek adabiy tili, tayanch dialekt, jadidlar, Abdulla Alaviy, Fitrat, Chig‘atoy gurungi, qipchoq lahjalari, imlo, 1929-yilgi konferensiya.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba