Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CYPERUS ROTUNDUS L. ILDIZINING VITAMIN, FLAVONOID VA ELEMENTAR TARKIBINI YUQORI SAMARALI SUYUQLIK XROMATOGRAFIYASI (YSSX-DAD) VA INDUKTIV BOG‘LANGAN PLAZMALI ATOM-EMISSION SPEKTROMETRIYA (IBP-AES) USULLARIDA TADQIQ ETISH

Muminjon Yusupovich IsmoilovFarg‘ona davlat universiteti, kimyo fanlari doktori, professor Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisiGulchexraxon Yuldashevna Qodirova
2026
ABI

Annotatsiya

Farg‘ona viloyatida o‘sadigan Cyperus rotundus L. ildizining suvda eruvchan vitaminlar, flavonoidlar hamda element tarkibi YSSX-DAD va IBP-AES usullarida o‘rganildi. Ildizda B2 (4,032), PP (1,229) va B9 (0,046 mg/100 g) vitaminlari; flavonoidlardan rutin (10,271), kversetin (5,074), naringenin (2,943), robinin (1,123) va izoramnetin (0,374 mg/100 g) aniqlandi. Elementlar orasida stronsiy (526,6), marganets (159), bariy (50,24) va xrom (40,98 mg/kg) ustunlik qiladi; kaliy, temir va alyuminiy kalibrlash diapazonidan tashqarida qoldi. Qo‘rg‘oshin miqdori farmakopeya me’yoridan ancha past. Natijalar ildizni rutin manbai sifatida o‘rganishni asoslaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar