Asosiy kontentga oʻtish
Kitob

SEYSMIK XATAR VA UNI BOSHQARISH

S. Z. MirzaevVakhithan IsmailovInstitute of SeismologySharofiddin YodgorovInstitute of Seismology named after G Mavlyanov of the Academy of Sciences of the Republic of UzbekistanRuhsora TeshayevaAcademy of Sciences Republic of Uzbekistan
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

UO‘K +550.349:699.84 KBK 38.79 S.Z.Mirzayev va boshqalar. Seysmik xatar va uni boshqarish. Qo‘llanma/ S.Z.Mirzayev [va boshq.]. - Toshkent: “________”, 2026.- 119 b. ISBN Mualliflar: S.Z.Mirzayev, V.A.Ismailov, Sh.I.Yodgorov, R.B.Teshayeva Mazkur uslubiy qo’llanma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-184-son Farmonining 1-ilovasi 4-bandi “Seysmik xatar va uni boshqarish boʻyicha rahbar xodimlar uchun qoʻllanma tayyorlash” asosida ishlab chiqilgan. Qo‘llanmada rahbar xodimlarni seysmologiya sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seysmik xavf, respublika xududi va regional mintaqalari uchun tuzilgan umumiyva mukammal seysmik rayonlashtirish va shahar hududlarini seysmik mikrohududlashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar va xaritalar keltirilgan. Unda asosiy e’tibor seysmik xatar tushunchasiva mazmun-mohiyatiga qaratilgan bo‘lib, hududlarda seysmik xatarni tashkil qiluvchi omillarva seysmik xatarni baholash va boshqarish usullari keng yoritib berilgan. Shuningdek qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasida seysmik xatarni regional va shahar miqyosida ishlab chiqilgan seysmik risk xaritalari keltirilgan. Seysmik xatarni boshqarish bo‘yicha jaxon tajribasidan kelib chiqqan holda, seysmik xatarni kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbilarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar majmuasi keltirilgan. Ushbu qo‘llanma asosan shahar, mintaqaviy yoki milliy darajadagi qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslar, loyihalashtirish tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari, oliy va o‘rta ta’lim muassasasi rahbarlari va boshqalar, shuningdek, seysmik faol hududlar aholisi uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti Ilmiy Kengashida muhokama qilingan va 2025 yil 25-noyabrda №10-sonli bayoni bilan tasdiqlangan. UOʻK +550.349:699.84 KBK 38.79 Taqrizchilar: 1. K.N.Abdullabekov - f.m.-f.d., prof. O‘zR FA akademigi, Seysmologiya institutining bosh ilmiy xodimi, 2. A.S.Yuvmitov - t.f.d., O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, laboratoriya mudiri ISBN 978-9910-600-58-6

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba