HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Annotatsiya
Darslik Termiz davlat universiteti rektorining 2023–yil 23dekabrdagi 509-PO‘–sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga tavsiya etilgan. Mualliflar: TerDU Texnologik ta’lim kafedrasi oʻqituvchilari Sh.Ch.Tursunov, J.Sh.Abduraxmonov, E.T.Toʻraqulov Tаqrizchilаr: F.U.Qarshiyev, TerDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi prof, texnika fanlari doktori R.R.Nurmamatova, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi kafedrasi mudiri t.f.d.(DSc), dots. O.Sh.Ochildiyev, TerMTI, “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri, dots. t.f.f.d. (PhD). Annotatsiya Mazkur darslik texnosfera hududidagi faoliyat xavfsizligi va mehnat muhofazasini huquqiy, tashkiliy, texnik, sanitar-gigiyenik va ijtimoiy masalalari turli sohadagi obyektlarni loyihalash, barpo etish hamda ulardan foydalanish texnologiyalarni bilan bog‘liq texnologiyalarini, mazkur amalga oshirishda ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, texnik jihozlarni alohida xususiyatlarini hisob olgan holda tizimli yoritib berilgan. Darslikda tenxnosferaning ishlab chiqarish sektorlaridagi xavfsizlikni va mehnat muhofazasini ta’minlashga oid ma’lumotlar batafsil bayon etilgan boʻlib, u barcha ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan darslik sifatida tavsiya etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universiteti tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan (23 dekabr 2023-yil, 509-PO‘ sonli buyrug’).