UMUMIY PEDAGOGIKA
Annotatsiya
Darslik Qo‘qon universiteti Andijon filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, 60110400-Boshlang’ich ta’lim, 60110200 – Maktabgacha ta’lim, 60310300 – Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.Unda “Umumiy pedagogika” fanining predmeti, maqsad va vazifalari, prinsplari, ta’lim metodlarining tasnifi,didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mmazmuni, jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘z ifodasini topgan. Shuningdek unda, birinchidan, umumiy pedagogika fanining tarixi, uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim siyosatining mohiyati, mazmuni, tamoyillari va xususiyatlarini o‘rganish; ikkinchidan, uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, turlari ijtimoiy va kasbiy asosda o‘rganish; uchinchidan, shaxs rivojlanishi va shakllanishining mohiyatini va qonuniyatlarini o‘rganish va ularning tarbiya jarayoniga ta’sirini tahlil qilish; to‘rtinchidan, innovatsion metod, vositalar, shakllar va ta’lim maqsadlarini ishlab chiqish va tahlil qilish; beshinchidan, pedagogika va o‘qitish jarayonlari, ta’lim mazmuni va tarbiya nazariyasi hamda ta’lim va tarbiyaning metodlarini o‘rganish; oltinchidan, pedagogik-psixologik tushunchalar, kategoriyalar, qonuniyatlar, psixik jarayonlar va ularning toifalanishini o‘rganish; yettinchidan, talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ishbilarmonlik muloqoti to‘g‘risida tushunchalarga ega qilish va ularda zarur qo‘nikmalarni hosil qilish; sakkizinchidan, bo‘lajak mutaxassislarni pedagogik-psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, ularning kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada chuqurlashtirish, barkamol shaxs qilib tarbiyalash kabi bilimlar fanning o‘quv dasturi asosida ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlar mavzular ketma-ketlikda bayon etilgan bo‘lib, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qo‘rollantirishga zamin yaratadi. O‘quv qo‘llanma nafaqat Pedagogik fanlarini balki, kasbiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan