ASTM D6079 USULI ASOSIDA GTL DIZEL YOQILG'ISINING MOYLOVCHANLIK XOSSASINI BAHOLASH
Annotatsiya
Mazkur ishda GTL dizel yoqilgʻisining moylovchanlik xossasi ASTM D6079 (HFRR) usuli asosida baholandi hamda unga 200 ppm miqdorda moylovchanlikni yaxshilovchi qoʻshimcha kiritilgandan keyingi oʻzgarishlar oʻrganildi. Tadqiqotda boshlangʻich GTL dizel va 200 ppm maxsus qoʻshimcha qoʻshilgan namuna sinovdan oʻtkazildi. Natijalarga koʻra, boshlangʻich GTL dizelning yeyilish izi diametri 619 mkm ni tashkil etdi, qoʻshimcha kiritilgandan soʻng esa bu koʻrsatkich 418 mkm gacha kamaydi. Bu qoʻshimchaning metall sirtlar orasida himoya qatlami hosil qilib, ishqalanish va yeyilishni sezilarli kamaytirganini koʻrsatadi. Olingan natijalar GTL kabi parafinli va tabiiy moylovchanligi past boʻlgan dizel yoqilgʻilarida kam miqdordagi qoʻshimchalar ham yuqori samaradorlik berishini tasdiqlaydi. ASTM D6079 usuli esa bunday qoʻshimchalarning samaradorligini baholashda aniq va ishonchli usul sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.