Inson kapitalini umumijtimoiy manfaatlari bilan uyg'unlashtirishda ma'naviy-axloqiy omillarning o'rni
Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur maqolada inson kapitalini umumijtimoiy manfaatlar bilan uyg'unlashtirish jarayonida ma'naviy-axloqiy omillarning tutgan o'rni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etiladi. Inson kapitali shaxsning bilim, ko'nikma va intellektual salohiyati bilan bir qatorda, uning ma'naviy dunyosi, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy mas'uliyati bilan chambarchas bog'liq ekani asoslab beriladi. Tadqiqotda ma'naviy-axloqiy tarbiya inson kapitalining sifat jihatdan rivojlanishida muhim omil sifatida qaralib, uning jamiyat barqarorligi va taraqqiyotiga ta'siri ochib beriladi. Shuningdek, ta lim-tarbiya tizimida ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish orgali inson kapitalini umumijtimoiy manfaatlarga yo'naltirish mexanizmlari yoritiladi. Maqola natijalari inson kapitalini rivojlantirishda ma'naviyat va axloqning integratsiyasi zarurligini ko'rsatadi.