Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

"XONJIZA KONI MISLI MINERALLARINING YANGI MAHALLIY FLOTAREAGENT BILAN O'ZARO TA'SIRINING FIZIK-KIMYOVIY -MEXANIZMI"

Ermatov Islomiddin To'ramurod o'g'liTermiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti magistriEshmurodov Xurshid EsanberdiyevichTermiz davlat universiteti "Fizikaviy kimyo" kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori (DSc)
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan Xonjiza polimetall konining mis va qo‘rg‘oshin-rux rudalarini flotatsion boyitish jarayonlarini maqbullashtirish (optimallashtirish) imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida ruda tarkibidagi mis va hamro hisoblangan metallarning minerallashuv xususiyatlari, ularning maydalanish darajasi, reagent rejimining boyitish ko‘rsatkichlariga ta'siri batafsil tahlil qilindi. Flotatsiya jarayonida reagentlar (ksantogenat, aeroflot, sovdalash moddalari) sarfini va muhit muhiti () ko‘rsatkichini maqbul qiymatlarga keltirish orqali konsentratda mis ajratib olish darajasini oshirish bo‘yicha tajribalar natijalari keltirilgan. Ruda zarralarining 0,074 mm () o‘lchamdagi sinf fraksiyasini 70–75% darajasida ushlab turish hamda pH 9,5–10,5 ko‘rsatkichida flotatsiya qilish orqali mis konsentratining sifatini yaxshilash va unumdorlikni 2,8–3,2% ga oshirish texnologik va iqtisodiy jihatdan asoslab berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba