Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

BOLALARDA O'RTA QULOQ YALLIG'LANISHINING KLINIK XUSUSIYATLARI VA PROFILAKTIKASI

Erkinov Anvar Akram o'g'liJondor tuman tibbiyot birlashmasi ko'p tarmoqli markaziy polikilinikasi Lor shifokori
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishi (otitis media)ning klinik xususiyatlari, asosiy xavf omillari, kechishi va profilaktikasi masalalari yoritilgan. Bolalik davrida eshitish nayining anatomik-fiziologik xususiyatlari, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari va immun tizimining yetuk emasligi o‘rta quloq yallig‘lanishining rivojlanishiga moyillikni oshirishi mumkin. Kasallikning asosiy klinik belgilari sifatida quloq og‘rig‘i, isitma, eshitishning pasayishi va umumiy bezovtalik ko‘rib chiqilgan. Profilaktikada respirator infeksiyalarni o‘z vaqtida davolash, emizishni qo‘llab-quvvatlash, passiv chekishdan himoyalash va bolalarni muntazam tibbiy kuzatuvdan o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Erta tashxislash va profilaktik choralarni kompleks qo‘llash kasallikning qaytalanishi hamda asoratlarini kamaytirishga yordam beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba