Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Kasbiy kompetensiyalar va innovatsion ta'lim texnologiyalari: texnika sohasida pedagog kadrlarni tayyorlashda yangi yondashuvlar

Gulnora Akmalovna IxtiyarovaTashkent State Technical University named after Islam KarimovJahongir Mustaqim o'g'li Sharopov
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu konferensiya materiallari to‘plami “Kasbiy kompetensiyalar va innovatsion ta’lim texnologiyalari: texnika sohasida pedagog kadrlarni tayyorlashda yangi yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida tayyorlangan. To‘plamda oliy ta’limda raqamli pedagogik transformatsiya, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, fan, texnologiya va ta’lim integratsiyasi, sanoat korxonalari bilan hamkorlik, dual ta’lim, innovatsion laboratoriyalar, kreativ pedagogika, sun’iy intellekt va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanish kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy maqola va tezislar jamlangan. Konferensiya ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasida ilmiy tajriba almashish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni muhokama qilish, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. To‘plam oliy va professional ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va sohaga qiziquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba