Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

YER MAYDONLARINING MELIORATIV HOLATINI MONITORING QILISHDA GEOAXBOROT TIZIMLARINING ROLI.

Xaitov Islom Nurboy o‘g‘liTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktorantiMamatqulov Zohid Jonqobilovich“TIQXMMI” Milliy tadqiqotlar universiteti Davlat kadastrlari kafedrasi mudiri, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
2026
ABI

Annotatsiya

Yer maydonlarining meliorativ holatini monitoring qilishda zamonaviy geoaxborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. GAT texnologiyalari yordamida sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi, tuproq namligi hamda drenaj tizimlarining holatini baholash imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda masofadan zondlash ma’lumotlari, raqamli xaritalar va fazoviy tahlil usullaridan foydalanish orqali meliorativ jarayonlarni tezkor va aniq monitoring qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, masofadan zondlash ma’lumotlari va geoma’lumotlar bazalari asosida yerlarning degradatsiya jarayonlarini aniqlash hamda meliorativ tadbirlarni rejalashtirish samaradorligini oshirish masalalari tahlil etiladi. GAT texnologiyalari orqali vaqt bo‘yicha dinamik kuzatuv olib borish, muammoli hududlarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini optimallashtirish mumkinligi asoslab beriladi. Natijada, geoaxborot tizimlari yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi xulosa qilinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar