KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASHNING STRATEGIK OMILLARI VA BOSHQARUV VOSITALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning strategik omillari hamda samarali boshqaruv vositalari tadqiq etilgan. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi likvidlik, to‘lov qobiliyati, rentabellik, kapital tarkibi, pul oqimlari va moliyaviy risklarni boshqarish kabi asosiy omillarning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, moliyaviy rejalashtirish, byudjetlashtirish, moliyaviy tahlil va nazorat, risklarni boshqarish hamda strategik qarorlar qabul qilish mexanizmlarining korxona barqaror faoliyatini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida korxonaning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, kapital tarkibini optimallashtirish va moliyaviy risklarni o‘z vaqtida aniqlash uning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning muhim shartlari ekanligi asoslangan.