Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

IQLIM O‘ZGARISHI VA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SHIMOLIY MINTAQALARDA ISTIQBOLLI SHOLI GENOTIPLARINI TANLASH ASOSLARI

Kamalov Miyirbek Murat o‘g‘liDon va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiUtambetov Duysenbay Usnatdinovichq.x.f.f.d. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiKalibaeva Aygerim Shaken qiziO‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktarantiTlewmbetova Shaxsanem Maxmud qiziQoraqalpog'iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti magistranti
2026
ABI

Annotatsiya

Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida shimoliy mintaqalarda sholi seleksiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda Qoraqalpog'iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan namunalarning xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilariga qiyosiy baho berildi. Natijalar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. D-294(D-120)(D-30) namunasi bir o‘simlik mahsuldorligi (10,2 g), D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasi esa ro‘vakdagi donlar soni (96 dona) va guruch shaffofligi (90 %) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ayrim genotiplar standart navdan yuqori hosildorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlanib, keyingi bosqich seleksiya sinovlariga tavsiya etildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar