Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

QASHQADARYO VILOYATI SHAROYITIDA TRITIKALE NAV VA GENOTIPLARINING BIOMETRIK KO‘RSATGISHLARINI BAHOLASH

Jalg‘asbaev Arziwbay Biysenbay o‘g‘liTayanch doktorant, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot istitutiRaximov Jamshid XayitmurodovichTayanch doktorant, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot istitutiOybek Anvarovich OmonovQishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori o‘rinbosariAzizov Bekzod G‘ayrat o‘g‘liQishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, laboratoriya mudiri, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot istituti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada Qashqadaryo viloyati osh tusli bo‘z tuproqlar sharoyitida yetishtirilayotgan tritikale nav va genotiplarining biometrik ko‘rsatkishlari bo‘yicha tadqiqot natijalari ma’lumotlari keltirilgan. Izlanishlardan ma’lum bo‘ldikiy, biometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tritikalening raqobat ko‘chatzorida o‘rganilgan 20 ta nav va tizmalar orasida o‘simlik bo‘yi uzunligi bo‘yicha 11 ta tizmalarda andoza nav(118 sm)dan uzun bo‘lganligi (3-14 sm gacha) aniqlandi. Oxirgi bo‘g‘in uzunligi bo‘yicha 16 ta tizma (38-49 sm) yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi tadqiqot natijalarida kuzatildi. Boshoq uzunligi bo‘yicha 13 ta tizma (13-16 sm), boshoqchalar soni bo‘yicha 12 ta tizma (30-36 dona) va 16 ta tizmada (9 ball) yotib qolishga chidamliligi bo‘yicha andoza navdan yuqori bo‘lgan ekanligi tadqiqot natijalarida aniqlandi va seleksiyaning keyingi bosqichlariga o‘tkazildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar