YANGI О'ZBEKISTONDA TA'LIM TARAQQIYOTI: TARIXI, BUGUNGI HOLATI VA KELAJAGI
Annotatsiya
maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimining davlat mustaqilligi yillaridagi evolyusiyasi tarixiy-pedagogik, institusional va qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. 1991–2016 yillarda milliy ta’lim modeli va uzluksiz ta’lim tizimi shakllanishining natijalari, 2017 yildan boshlangan Yangi O‘zbekiston bosqichida maktabgacha, umumiy o‘rta, professional, oliy va harbiy ta’limda amalga oshirilgan islohotlarning ko‘lami hamda mazmun-mohiyati ochib berilgan. Rasmiy statistika Nasosida qamrov, ta’lim tashkilotlari, o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar soni dinamikasi baholanib, miqdoriy o‘sishning sifat, tenglik, pedagog maqomi, raqamlashtirish va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq jihatlari o‘rganilgan. Xorijiy va MDH pedagog olimlarining g‘oyalari, shuningdek raqamli ta’lim, uning sifatini professional boshqarish bo‘yicha tahlil qilindi. Ta’lim siyosatini natijaga yo‘naltirish, pedagogni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, hududiy tenglikni kuchaytirish va fuqarolik-harbiy ta’lim integrasiyasini rivojlantirishga doir beshta asoslangan taklif ilgari surilgan.