Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

POLIMER-GIBRID NANOADSORBENTLAR ASOSIDA FARMATSEVTIK IFLOSLANTIRUVCHILARNI SORBSIYALASHNING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI: SINTEZ, SIRT MODIFIKATSIYASI VA ADSORBSION SAMARADORLIGI

Salihanova Dilnoza SaidakbarovnaURFA Ummumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodim, t.f.d profUbaydullayeva Navruza Ne'matjonovnak.f.f.d PhD, dots.Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi dotsentiRahmatova Nargiza Islomjon qizi
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada suv resurslarida tobora ko'proq aniqlanayotgan farmatsevtik ifloslantiruvchi moddalarni (antibiotiklar, og'riq qoldiruvchi va gormonal preparatlar) polimer-gibrid nanoadsorbentlar yordamida sorbsiyalashning zamonaviy strategiyalari ko'rib chiqilgan. An'anaviy suv tozalash inshootlarining bunday moddalarni to'liq ushlab qololmasligi muammosi ilmiy dolzarblikni belgilaydi. Ishda nanoadsorbentlarni sintez qilishning in situ, aralashtirish, yuza modifikatsiyasi va sol-gel usullari tahlil qilingan, shuningdek funksional guruhlar (–COOH, –NH₂, –OH) bilan sirt modifikatsiyasi natijasida adsorbsion selektivlik va sig'imning oshishi ko'rsatilgan. Adsorbsiya izotermalari (Langmuir, Freundlich) va kinetik modellar (pseudo-birinchi va pseudo-ikkinchi tartib) yordamida sorbsion jarayonning mexanizmi va samaradorligi baholangan. Olingan natijalar polimer-gibrid nanoadsorbentlarni farmatsevtik ifloslantiruvchilardan suvni tozalashda istiqbolli material sifatida qo'llash imkoniyatlarini asoslaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba