Suv resurslarini boshqarishda suv diplomatiyasining geoekologik mexanizmlari.
Annotatsiya
Mazkur tezisda global iqlim o'zgarishi va kuchayayotgan antropogen bosimlar fonida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning dolzarb muammolari o'rganiladi. Sirdaryo va Amudaryo havzalarida yuqori oqim (gidroenergetika) hamda quyi oqim (agrar-ekologik ehtiyojlar) manfaatlari o'rtasidagi yuzaga kelayotgan obyektiv ziddiyatlar tahlil qilingan. Tadqiqotda an'anaviy ma'muriy yondashuvlarning nochorligi ko'rsatilib, havza tamoyiliga asoslangan yagona ekologik boshqaruv, "energiya evaziga suv" kompensatsiya mexanizmlari, raqamli gidrologiya va xalqaro huquqiy normalarni tatbiq etish orqali suv diplomatiyasini kuchaytirish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Hali tarjima qilinmagan