Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

BRCA1 VA BRCA2 GENLARINING KO'KRAK BEZI SARATONIDAGI MUTATSION PROFILI VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARINI BIOINFORMATIK BAHOLASH

Namozova Mohiniso Asqarjon qiziUniversité Constantine 2
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ko‘krak bezi saratoni rivojlanishida muhim genetik omillardan hisoblangan BRCA1 va BRCA2 genlarining mutatsion profili hamda funksional xususiyatlarini bioinformatik baholash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda BRCA1 va BRCA2 genlarining molekulyar tuzilishi, funksional domenlari, homologik rekombinatsiya asosidagi DNK ta’mirlash jarayonidagi ishtiroki hamda patogen variantlarning oqsil funksiyasiga potensial ta’siri o‘rganildi. Bioinformatik baholash uchun variant annotatsiyasi, mutatsiyalarning oqsil domenlariga joylashuvi, konservativlik, funksional bashorat va klinik ahamiyatni aniqlashga asoslangan kompleks yondashuv taklif qilindi. ClinVar va ClinGen/ENIGMA kabi ma’lumotlar bazalaridan foydalanish variantlarni klinik talqin qilish imkoniyatlarini kengaytirishi ko‘rsatildi. BRCA1 uchun RING, coiled-coil va BRCT domenlari, BRCA2 uchun BRC takrorlari, DNK-bog‘lovchi domen va C-terminal RAD51-bog‘lovchi sohasi funksional jihatdan muhim hududlar sifatida ajratildi. Tadqiqot natijalari BRCA1/2 variantlarini bioinformatik tahlil qilish irsiy ko‘krak bezi saratoni xavfini molekulyar darajada baholash, noaniq klinik ahamiyatga ega variantlarni izohlash va individual tibbiyot yondashuvlarini rivojlantirish uchun muhim ekanligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba