PAXTACHILIKDA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
Annotatsiya
Maqolada paxtachilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy ahamiyati va ulardan foydalanish samaradorligini baholash masalalari tadqiq etilgan. Xususan, yuqori mahsuldor mahalliy va xorijiy g‘o‘za navlaridan foydalanish, ekish sxemalari, tomchilatib sug‘orish, fertigasiyа, plyonka ostida yetishtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishning hosildorlik, mahsulot tannarxi, resurslar sarfi va fermer xo‘jaliklari daromadliligiga ta’siri tahlil qilingan. Zamonaviy agrotexnologiyalarning iqtisodiy samarasini faqat alohida nav yoki urug‘lik xususiyatlari bilan emas, balki “nav-agrotexnologiya-resurs-iqtisodiy natija” o‘zaro bog‘liqligi asosida baholash zarurligi asoslangan. Paxtachilikda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.