Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

NAV VA NAMUNALARDA TOLA CHIQIMI BELGISINING SHAKLLANISHI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada g‘o‘zaning nav va namunalarida tola chiqimi belgisining shakllanish xususiyatlari hamda genotiplar o‘rtasidagi fenotipik o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan genotiplarda tola chiqimi 37,5–44,0 % oralig‘ida o‘zgarib, ushbu belgi bo‘yicha nav va namunalar o‘rtasida farqlanish mavjudligi aniqlandi. Eng yuqori tola chiqimi M-4020 namunasida — 43,8 % qayd etilgan bo‘lsa, M-4045 (43,7 %), M-5020 (42,6 %), M-4051 (42,2 %) va M-4016 (41,6 %) namunalari ham yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi. C-6524 andoza navida tola chiqimi 38,3 % ni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich M-4042 namunasida — 37,6 % qayd etildi. Olingan natijalar tola chiqimi belgisining shakllanishida genotipik xususiyatlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Yuqori tola chiqimiga ega genotiplar g‘o‘za seleksiyasida tola mahsuldorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun istiqbolli boshlang‘ich material sifatida foydalanilishi mumkin.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba