Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

METAFORALARNI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA KUZATILADIGAN MUAMMOLAR(INGLIZ ADABIYOTLARI MISOLIDA)

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz adabiyoti namunalarida qo‘llanilgan metaforalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvistik, semantik, lingvomadaniy va uslubiy muammolar tadqiq etiladi. Metaforaning badiiy matndagi estetik vazifasi, kontekstga bog‘liq ma’nosi va muallif individual uslubini ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Uilyam Shekspir, Emili Dikinson va Frensis Skott Fitsjerald kabi inglizzabon adabiyot vakillarining asarlaridan olingan misollar asosida metaforalarni so‘zma-so‘z tarjima qilish, muqobil obraz tanlash, metaforik ma’noni izohlash hamda obrazlilikni qayta yaratish strategiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari metaforani tarjima qilishda nafaqat lug‘aviy ma’noni, balki uning kontekstual, madaniy va estetik xususiyatlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba