Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Muhammad Yusufning “Ulugʻimsan, Vatanim” sheʼrida tarixiy shaxslar talqini

Gulruh RAVSHANOVAToshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko’chasi 1-uy, Tashkent 100149, O ‘zbekiston
2024en
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Muhammad Yusufning poetikasiga nazar tashlandi. “Ulug‘imsan, Vatanim” to‘plami va unga jamlangan she’rlari, xususan, “Ulug‘imsan,Vatanim” she’ri ham atroflicha o‘rganildi. Muhammad Yusuf bu asari orqali butun o‘zbek xalqining ming asrlik tarixini bir nuqtaga jamlab, bu orqali o‘z ijodining sarhadi juda keng va albatta kuchli so‘z sohibi ekanligini yana bir bor isbotlab berdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shoir yaratgan asarlari jamiyki ijod olami orqali, xalqini birdamlik, hurfikrlililik kabi oliy tuyg‘ularni anglashga undadi. Aynan, “Ulug‘imsan, Vatanim” she’ri orqali Vatan uchun kamarbasta bo‘lib, o‘z jonini qurbon qilganlar, olim-u fozillar: Shiroq, Muqanna, Jaloliddin, Bobur, Navoiy, Temur Maliklarning obrazlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Qolaversa, yurt sha’ni, xalqining qadr-qimmati, erki va faravon yashashi yo‘lida qurbon bo‘lgan adiblarimiz: Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Cho‘lponlarning achchiq qismati yoritilgan ushbu asarni qarashlarimiz ila atroflicha o‘rganib, tahlilga tortishga urindik.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar