O‘ZBEK-INGLIZ PARALLEL KORPUSIDA METAMA’LUMOTLAR VA FORMATLASH MASALASI HAMDA O‘ZBEK TILI UCHUN MAVJUD NLP VOSITALARI
Litsenziya: cc-by-sa
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek-ingliz parallel korpusini yaratish jarayonida metama’lumotlarni formatlash, TEI va CoNLL-U standartlaridan foydalanish hamda o‘zbek tili uchun mavjud tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) vositalarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Parallel korpusning tuzilishi, ma’lumotlar mosligi, sintaktik va morfologik teglash jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘zbek tili uchun ishlab chiqilgan morfologik analizatorlar, lemmatizatorlar va POS-teggerlar imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning parallel korpus yaratishdagi, shuningdek, matnni sentiment tahlil qilishdagi amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari parallel korpuslarni yuqori aniqlik bilan kodlash, avtomatik tahlil qilish va qidiruv tizimlariga integratsiya qilishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.