Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Sunʼiy intellekt va maktab oʻquvchisi: foyda va xavf oʻrtasidagi chiziq

Akbar KodirovShahrisabz davlat pedagogika instituti “Matematika va amaliy matematika” kafedrasi Katta o‘qituvchisiMuattar EshquvvatovaShahrisabz davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo‘nalishi talabasiBarchinoy EminovaShahrisabz davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo‘nalishi talabasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining maktab o'quvchilariga ko'rsatadigan ta'siri — o'quv jarayonidagi foydali jihatlari va yashirin xavf-xatarlari — keng ko'lamda o'rganiladi. Zamonaviy ChatGPT, Gemini, Duolingo singari SI vositalaridan o'quvchilar kundalik ta'limda qanday foydalanayotgani va bu foydalanish ularning bilish qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda axloqiy shakllanishiga qanday ta'sir etishi tahlil etiladi. Qarshi tumani umumta'lim maktablarida 110 nafar o'quvchi va 22 nafar o'qituvchi ishtirokida o'tkazilgan so'rovnoma asosida empirik xulosalar chiqarilgan. Tadqiqot natijasi shuni ko'rsatdiki, SI o'quvchi uchun samarali yordamchi bo'la olishi mumkin, biroq ota-ona, o'qituvchi va davlat nazoratisiz u ta'lim sifatiga va shaxs rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazish xavfini o'zida mujassam etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar