Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

MAYMUNJON (RUBUS L.) MEVA MISOLIDA SUBLIMATSION SAQLASH TEXNOLOGIYASINI YARATISH

Yuldasheva Muhlisa Muhammadjon qiziQo'qon universiteti Andijon filialiNozimjon Xoshimjovich To'xtaboyevQo'qon universiteti Andijon filialiWorldly Knowledge Publishing Centre
2026en
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tezisda maymunjon mevalarini uzoq muddat saqlash uchun sublimatsion (muzlatib quritish) texnologiyasini yaratish masalalari yoritilgan. Maymunjon tarkibida antosianlar, ellag kislotasi, fenol birikmalari, S vitamini va organik kislotalar bor, ammo mevasi nozik, namligi yuqori (80–85 %) va terilgach tez buziladi. An'anaviy issiq havoda quritishda uning biologik faol moddalari katta miqdorda yo'qoladi. Taklif etilgan texnologiya mevani oldindan muzlatib, vakuum ostida muzni suyuq fazasiz bug'lantirishga asoslangan. Bunda mevaning shakli, rangi, aromati va antioksidant faolligi yuqori darajada saqlanadi. Ishda jarayon bosqichlari, rejim parametrlari, sifatni baholash usullari va tajriba rejasi keltirilgan. Natijalar maymunjonni yil davomida xomashyo sifatida ta'minlash va ichki hamda tashqi bozorga chiqarishda qo'llanishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba