Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

QURITISH HAMDA VAKUUM EKSTRAKSIYA USULLARINI KOMPLEKS OPTIMALLASHTIRISH

Nozimjon Xoshimjovich To'xtaboyevQo'qon universiteti Andijon filialiYuldasheva Muhlisa Muhammadjon qiziQo'qon universiteti Andijon filialiWorldly Knowledge Publishing Centre
2026en
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda o‘simlik xomashyosini qayta ishlashda qo‘llaniladigan quritish va vakuum ekstraksiya jarayonlarini yagona texnologik zanjir sifatida kompleks optimallashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Quritish rejimi (harorat, bosim, davomiylik) xomashyoning g‘ovakligi, namlik va biologik faol moddalar tarkibini o‘zgartirishi sababli keyingi ekstraksiya samaradorligiga bevosita ta’sir qilishi asoslangan. Jarayonlarni alohida emas, o‘zaro bog‘liq holda optimallashtirish uchun javob sirti metodologiyasi (RSM), Boks–Benken rejasi, Derringer–Suich maqbullik funksiyasi va NSGA-II ko‘p maqsadli genetik algoritmi taklif etilgan. Natijada ekstrakt unumi va sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hamda biologik faol komponentlar yo‘qotilishini minimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba