Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Oʻqish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash orqali adabiy nutqni rivojlantirish

Dildora RavshanovaShahrisabz davlat pedagogika instituti Ta’lim-tarbiya nazariyasi (Boshlang’ich ta’lim) mutaxassisligi 1-bosqich magistri
2025uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarining adabiy nutqni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif matn ustida ishlashning bosqichlari, metodik yondashuvlari va bolalarning og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirishdagi ta’sirini ochib beradi. Dars jarayonida badiiy matnlar asosida so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini oshirish, obrazli fikrlashni rivojlantirish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnga tanqidiy va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda matn ustida tizimli ishlashning ahamiyati asoslab beriladi. Ilmiy-nazariy qarashlar hamda amaliy tajribalar asosida taklif va tavsiyalar beriladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida adabiy nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik vositalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba