Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Oʻsmirlik yoshi davrining oʻziga xos oʻzgarishlari va psixofiziologik xususiyatlari

Umida AribjonovaAndijon davlat universiteti, Umumiy psixologiya kafedrasi doktoranti
2022en
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

O’smirlik davri insonni bolalikdan - yoshlikka o’tuvchi va o’z navbatida boshqa davrlardan o’zining nisbatan keskinroq , murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi inson ontogenetik rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir. Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda «O’tish davri», «og’ir davr», «inqiroz davri» kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o’qish paytlariga to’g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo’lgan davr oraligida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, o’smirlik davri ayrim bolalarda (aksariyat hollarda qiz bolalarda) 9-10 yoshlardan boshlanib, yana boshqalarida 16-17 yoshlargacha davom etishi mumkin. O’smirlik davrining boshlanishi qiz bolalarda o’gil bolalarga nisbatan 1-2 yil oldin ro’y beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba