Mathematical modeling and numerical analysis of groundwater dynamics under the influence of irrigation processes
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada matematik modellashtirish usullari asosida sug‘orish jarayonlari ta’sirida yer osti suvlari holatida yuz beradigan dinamik o‘zgarishlar tadqiq etilgan. Taklif qilingan model suv oqimlarining konvektiv va diffuzion harakatlarini inobatga olgan holda sizot suvlarining tezlik maydonlari hamda konsentratsiya taqsimotini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Modelni shakllantirish jarayonida suvning sho‘rlanish darajasi, harorat o‘zgarishlari va tuproqning namlik bilan to‘yinganlik holati kabi asosiy fizik omillarning o‘zaro bog‘liqligi ham hisobga olingan. Shu asosda muhitning suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini aniqlash mexanizmi yanada takomillashtirilib, modelning aniqlik darajasi va hisoblash barqarorligi oshirilgan. Bundan tashqari, ishlab chiqilgan matematik modelning sonli yechimlari sug‘orish tizimlarini samarali boshqarish, suv resurslaridan unumli foydalanish hamda ularni optimal ravishda taqsimlash uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari meliorativ holatni yaxshilash, ekologik muvozanatni saqlash va agrotexnik tadbirlarni samarali rejalashtirish jarayonlarida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi.