Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

PULPITNI DAVOLASHDA BIOLOGIK VA ENDODONTIK USULLARNING QIYOSIY SAMARADORLIGI

Oxunjonova Xayotxon XosiljonovnaKUAF Stomatologiya kafedrasi o'qituvchisi
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqsad — doimiy tishlarda pulpitni davolashning vital pulpa terapiyasi (biologik yondashuv, xususan to‘liq pulpotomiya) hamda ildiz kanallarini endodontik davolash usullarini klinik, rentgenologik va bemorga yo‘naltirilgan natijalar bo‘yicha qiyoslash. Materiallar va usullar: xalqaro klinik tavsiyalar, randomizatsiyalangan tadqiqotlar, tizimli sharhlar va O‘zbekistonlik mutaxassisning mavzuga oid nashri asosida narrativ-tahliliy adabiyotlar sharhi bajarildi. Natijalar: tanlangan yetuk doimiy tishlarda to‘liq pulpotomiya qisqa muddatli klinik natijalar bo‘yicha kanal davosiga yaqin ko‘rsatkichlarni namoyish etdi, ammo uzoq muddatli radiologik nazorat zarur. Xulosa: usul tanlashda pulpa hayotiyligi, qon ketishni nazorat qilish, ildiz atrofi holati va sifatli yakuniy germetik restavratsiya hal qiluvchi mezonlardir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba