SIRDARYO VILOYATIDA BIOMASSA ASOSIDA OZUQA ISHLAB CHIQARISHDA INVESTITSION VA INNOVATSION IMKONIYATLAR
Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur tadqiqot Sirdaryo viloyatida biomassa asosida ozuqa ishlab chiqarishni rivojlantirishning investitsion va innovatsion imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi chiqindilari, organik biomassa va qayta tiklanuvchi resurslardan samarali foydalanish orqali chorvachilik uchun ekologik toza va iqtisodiy jihatdan samarali ozuqa ishlab chiqarish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, biomassa asosidagi ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari hamda ularning hududiy barqaror rivojlanishga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va agrar sohada qo‘shimcha qiymat yaratishga xizmat qiladi.