Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

ISSIQ-QURUQ IQLIM SHAROITIDA TURAR JOY BINOLARINING ME'MORIY-REJAVIY YECHIMLARINI IQLIMIY PARAMETRLAR ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot maqolasida O'zbekistonning issiq-quruq iqlim mintaqalarida (IV iqlimiy zona) turar joy binolarining me’moriy-rejaviy yechimlarini iqlimiy parametrlar — insolyatsiya, quyosh radiatsiyasi, havo harorati amplitudasi va aeratsiya rejimi asosida optimallashtirish usullari ilmiy va me’moriy-fizik jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot davomida an'anaviy vernakulyar arxitektura tamoyillari (ichki hovli, ayvon, termik inersiyali devorlar) hamda zamonaviy kompyuter simulyatsiyalari integratsiya qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, bino korpusini janubiy-sharqiy o'q bo'yicha 15° ga burish, deraza-devor nisbatini (WWR) 20-25% darajasida optimallashtirish hamda fasadlarda gorizontal va vertikal quyoshdan saqlash vositalarini (louver/loggiya) qo'llash orqali yozgi sovutish yuklamasini (HVAC) 45-54% gacha kamaytirish va bino ichki haroratini 6.5-8.0°C ga pasaytirishga ershiladi. Tadqiqot natijalari me'morlar va shaharsozlik loyiha institutlari uchun amaliy yo'riqnoma bo'lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba