Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

OʻZBEK TILI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA PERIFRAZALARNING QOʻLLANILISHI VA LINGVOSTILISTIK XUSUSIYATLARI

Axtamova Muxlisa Rasul qiziGuliston davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1- kurs magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek tili ommaviy axborot vositalarida perifrazalarning qo‘llanilishi hamda ularning lingvostilistik xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda gazeta-jurnal matnlari, elektron OAV va internet nashrlarida uchraydigan perifrazalarning asosiy turlari, funksional vazifalari va kommunikativ imkoniyatlari yoritiladi. Perifrazalarning axborotni ifodalashdagi o‘rni, matnning ifodaviyligi va emotsional-ta’sirchanligini oshirishdagi roli aniqlanadi. Shuningdek, perifrazalar orqali muallifning baholovchi munosabati, stilistik niyati hamda auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari perifrazalarning OAV nutqida muhim lingvostilistik vosita ekanligini tasdiqlaydi hamda funksional stilistika va media tilshunosligi sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba