EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHDA MANZARA JANRI ORQALI TABIATNI ANGLASH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tasviriy san’at ta’limida manzara janrining ekologik ongni shakllantirishdagi o‘rni va pedagogik imkoniyatlari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Manzara asarlari orqali tabiatni estetik, ma’naviy hamda ekologik nuqtai nazardan anglash jarayoni yoritilib, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash masalalari asoslab beriladi. Tadqiqotda rassom-pedagog olimlarning ilmiy qarashlari, mavjud adabiyotlar tahlili hamda amaliy ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan badiiy-tahliliy va eksperimental metodik yondashuvlar qamrab olinadi. Manzara janrining ekologik tarbiyadagi ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi.
Hali tarjima qilinmagan