Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

PSIXOLOGIK TRENINGLARDA EMOTSIONAL HOLATNI BOSHQARISH

Gayipbergenova FatimaToshkent Amaliy Fanlar Universiteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 10-guruh talabasiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada psixologik treninglar jarayonida ishtirokchilarning emotsional holatini boshqarish masalasi tahlil qilinadi. Emotsional holat insonning fikrlash jarayoni, qaror qabul qilishi va ijtimoiy munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Trening jarayonida stress, hayajon, qo‘rquv yoki motivatsiya kabi emotsiyalar kuchayishi mumkin, shuning uchun ularni ongli ravishda boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada emotsiyalarni anglash, ularni ifodalash va nazorat qilishga yordam beruvchi psixologik texnikalar, jumladan nafas mashqlari, relaksatsiya, vizualizatsiya hamda refleksiya usullarining samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, trenerning emotsional muhit yaratishdagi roli, ishtirokchilarning o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi va ijobiy psixologik muhit shakllantirish mexanizmlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari psixologik treninglarda emotsional muvozanatni saqlash shaxsiy rivojlanish, stressga chidamlilik va kommunikativ kompetensiyani oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba