Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

O'ZBEK TILIDAGI REKLAMA MATNLARI ORQALI "MILLIYLIKNI" TARG'IB QILISH

Qodirova Marhabo O'ktam qiziBuxoro inovatsion ta'lim va tibbiyot 2-bosqich magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi reklama matnlari orqali milliylikni targ‘ib qilish masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda reklama matnlarida ishlatiladigan leksik birliklar, obrazlar va madaniy kodlar milliy qadriyatlarni qanday ifodalayotgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, reklama tilining jamiyat ongiga, milliy identitet va madaniy merosga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, reklama nafaqat iqtisodiy vosita, balki milliy madaniyatni saqlash va targ‘ib qilishda samarali instrument hisoblanadi. Shu bilan birga, milliylikning yuzaki yoki tijoratlashtirilgan shakllari mavjudligi ham qayd etiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba