Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

O'SMIRLIK DAVRI INQIROZINING PSIXOLOGIK MOHIYATI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI

Xujaniyozova Oygul RajabovnaAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti "Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya" fakulteti p.f.f.d.(PhD) dotsentiMaksudbekova Shaxzoda Sherzod qiziWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda o‘smirlik davri inqirozining psixologik mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. O‘smirlik davri shaxs rivojlanishidagi murakkab bosqichlardan biri bo‘lib, unda biologik yetilish, ijtimoiy tajriba orttirish va shaxsiy identifikatsiya jarayonlari keskin faollashadi. Tezisda o‘smirning o‘zini anglash, mustaqillikka intilish, kattalar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan ziddiyatlar hamda tengdoshlar guruhiga mansublik hissining shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, rivojlanish qonuniyatlari sifatida hissiy beqarorlik, abstrakt fikrlashning rivojlanishi, qadriyatlar tizimining o‘zgarishi va ijtimoiy rolni anglash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘smirlik davrida yuzaga keladigan inqirozning tabiiy va zaruriy jarayon ekanini, ota-onalar hamda pedagoglarning psixologik qo‘llab-quvvatlashi esa sog‘lom shaxs sifatida shakllanishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba