Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

A-373 AVTOMOBIL YO'LINING QAMCHIQ DOVONI QISMI MISOLIDA KO'CHKILARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: GLOBAL TAJRIBA, HUDUDIY TAHLIL VA MUHANDISLIK YECHIMLARI

Mirzaaxmedov Ja'farbekISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 14M-25 Magistratura talabasiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida rivojlanayotgan ko‘chki jarayonlari tabiiy va antropogen omillar majmuasi asosida chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida dunyo miqyosida tog‘li hududlardan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida kuzatiladigan ko‘chki jarayonlari bo‘yicha zamonaviy ilmiy qarashlar umumlashtirilgan hamda ularning Qamchiq dovoni sharoitidagi namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan. Hududning geologik tuzilishi, geomorfologiyasi, gidrogeologik rejimi, iqlimiy sharoiti va transport infratuzilmasining o‘zaro ta’siri asosida ko‘chkilarning rivojlanish mexanizmi yoritilgan. Statistik kuzatuvlar, mavsumiy faollik va muhandislik-geologik baholash natijalari keltirilib, ko‘chki xavfini kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba