Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

YAPON TILIDAGI OT SO'Z TURKUMIGA OID LEKSIK BIRLIKLARNI KOGNITIV METOD ASOSIDA O'QITISH

Arslonova Sarvinoz Baxtiyor qiziSamarqand davlat chet tillari instituti TalabasiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur ishda yapon tilidagi ot so‘z turkumiga oid leksik birliklarni o‘qitishda kognitiv metoddan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda til birliklarini faqat grammatik shakl sifatida emas, balki inson tafakkuri va madaniy tajribasi bilan bog‘liq konseptual hodisa sifatida o‘rganish zarurligi asoslab beriladi. Yapon tilidagi otlarning semantik, konseptual va madaniy xususiyatlari tahlil qilinib, ularni o‘qitishda assotsiativ fikrlash, konseptual xaritalar, vizual obrazlar va madaniy kontekstga tayangan usullarning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Kognitiv metod asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarda leksik birliklarning chuqur ma’nosini anglash, ularni nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llash hamda uzoq muddatli xotirada mustahkamlash imkonini yaratadi. Tadqiqot natijalari yapon tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etishda amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba