Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

PROFESSIONAL VA HAVASKOR PSIXOLOG

Usmonova Diyora Dilshod qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada professional va havaskor psixolog tushunchalarining nazariy hamda amaliy jihatlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda psixologik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi fonida mazkur ikki yo‘nalish vakillari faoliyatini farqlash muhim ilmiy va ijtimoiy masalaga aylanmoqda. Tadqiqotda professional psixologning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy-metodik asoslangan faoliyati, etik me’yorlarga rioya etishi hamda rasmiy malaka va sertifikatlarga egaligi asosiy mezon sifatida yoritiladi. Shu bilan birga, havaskor psixologlarning faoliyati, ularning bilim manbalari, tajribaga asoslangan yondashuvlari hamda mazkur faoliyatning ijobiy va salbiy jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada havaskor psixologiya faoliyatining nazorat qilinmasligi ayrim holatlarda shaxs ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy dalillar orqali asoslanadi. Tadqiqot natijalari psixologik xizmatlar sifatini oshirish, kasbiy standartlarni belgilash hamda aholining psixologik savodxonligini rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba