Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

DONNI SAQLASH VA BIRLAMCHI QAYTA ISHLASHNING FIZIK-KIMYOVIY VA ORGANOLEPTIK SIFATGA TA'SIRI

Narkabulova Nargiza Karimov XamdamTadqiqotchi,Ilmiy rahbar, Toshkent davlat agrar universitetiWorldly Knowledge Publishing CentretashkilotWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Don mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari ularni saqlash va birlamchi qayta ishlash jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishiga bevosita bog‘liqdir. Saqlash sharoitlari, namlik, harorat, havo almashinuvi hamda dastlabki tozalash va quritish usullari donning fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada donni saqlash va birlamchi qayta ishlash jarayonlarining don sifatiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor donning namligi, massasi, oqsil va kraxmal miqdori, rangi, hidi, ta’mi hamda mexanik shikastlanish darajasining o‘zgarishiga qaratilgan. Tadqiqot natijalari don sifatini saqlab qolishda optimal texnologik rejimlarning muhimligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba