Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

ABDULLA ORIPOV SHE'RLARIDA MILLIY RUH

Bekqulova Sabohat AshirovnaQo'shrabot tuman 2-sonli texnikumi oliy toifali o'qituvchisiWordly Knowledge Publishing CentretashkilotWordly Knowledge Publishing Centre
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatida milliy ruhning badiiy-estetik ifodasi, uning mazmun-mohiyati va poetik xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shoir asarlarida milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, vatanparvarlik g‘oyalari hamda xalqona tafakkurning aks etish shakllari o‘rganildi. Shuningdek, she’riy matnlarda qo‘llanilgan obrazlar tizimi, ramzlar, til va uslub vositalari orqali milliylikning namoyon bo‘lishi yoritib berildi. Maqolada qiyosiy-tahliliy, sistemali va badiiy tahlil metodlari asosida Abdulla Oripov ijodining o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shoir she’riyati o‘zbek xalqining milliy o‘zligini, ma’naviy merosini va ruhiy dunyosini aks ettiruvchi muhim badiiy hodisa ekanligi asoslandi. Mazkur ilmiy ish o‘zbek adabiyotida milliy ruh masalasini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba