Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

O'ZBEKISTONDAGI KICHIK VA O'RTA KORXONALARDA MEHNAT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI KOMPLEKS BAHOLASH: OSCI-UZ KO'P O'LCHOVLI INDEKS TIZIMINING ISHLAB CHIQILISHI VA PSIXOMETRIK ASOSLARI

Mustafayev B.E.Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent, O'zbekistonWordly Knowledge Publishing CentretashkilotWordly Knowledge Publishing Centre
ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbekistondagi kichik va o'rta korxonalar (KOK) uchun ishlab chiqilgan OSCI-UZ (Occupational Safety Culture Index - Uzbekistan) diagnostik indeksining to'liq metodologik tuzilmasi, psixometrik xususiyatlari va empirik validatsiya natijalari taqdim etilgan. Tadqiqotda 7 ta o'lchovdan iborat 42 indikatorli ierarxik tuzilma Fuzzy AHP metodi yordamida og'irlik koeffitsiyentlari bilan ta'minlandi, konformatör omil tahlili (KOT/CFA) esa ko'p o'lchovli konstruktning faktorial tuzilmasini tasdiqladi (RMSEA = 0,062; CFI = 0,94). Ichki izchillik Cronbach a = 0,91 va McDonald's o = 0,90 qiymatlari bilan yuqori ekanligi isbotlandi; test-retest korrelyatsiyasi r = 0,84 (p < 0,001). Item Response Theory (IRT) tahlili ko'rsatdiki, 42 indikatordan 38 tasi yuqori diskriminatsiya qiymatiga ega (a > 1,0). 10 ta pilot korxonada o'tkazilgan empirik tekshiruv OSCI-UZ qiymatlarining jarohatlanish darajasi bilan kuchli teskari korrelyatsiyasini (r = -0,78; p < 0,01) tasdiqladi. Olingan natijalar OSCI-UZ indeksining O'zbekiston KOKlarida mehnat xavfsizligi madaniyatini o'lchashda ishonchli, barqaror va amalda qo'llash mumkin bo'lgan vosita ekanligini ko'rsatmoqda.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba