IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlat aktivlarini samarali boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Davlat aktivlarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlari, xususan, korporativ boshqaruv tizimi, raqamli transformatsiya, davlat-xususiy sheriklik, investitsion samaradorlikni oshirish, aktivlarni optimallashtirish hamda strategik monitoring usullarining iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi asosida davlat aktivlarini boshqarishda samarali institutsional mexanizmlar yoritilgan. Tadqiqot natijasida davlat aktivlarini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan