TOSHKENT VOHASI SHAROITIDA SILENE VIRIDIFLORA L. O'SIMLIGINI YETISHTIRISHNING INNOVATSION USULLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent vohasi sharoitida Silene viridiflora L. o‘simligini innovatsion agrotexnologiyalar asosida yetishtirish masalalari o‘rganildi. Tadqiqot davomida tomchilatib sug‘orish, organik o‘g‘itlardan foydalanish, mulchalash hamda urug‘larni biostimulyatorlar bilan ishlov berish usullarining o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri tahlil qilindi. Tajribalar natijasida innovatsion agrotexnologiyalar qo‘llanganda urug‘ unuvchanligi, vegetativ o‘sish ko‘rsatkichlari hamda biomassa hosildorligi an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli darajada ortishi aniqlandi. Shuningdek, suv sarfining kamayishi va ekologik barqarorlikning oshishi kuzatildi [1,3].
Hali tarjima qilinmagan