Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMI: PEDAGOGIK KASBNING TRANSFORMATSIYASI VA UNING IJTIMOIY VAZIFALARI

Ataxo'jayeva Shaxlo AnvarovnaUniversity of Business and Science dotsenti,  ps.f.f.d. (PhD)Noʻmonjonova Gulshoda Odilbek qiziUniversitey of Business and Science, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi, 2-bosqich talabasi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda pedagogik faoliyatning yangilanayotgan mazmuni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlari, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish mexanizmlari, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari yoritilgan. Maqolada zamonaviy oʻqituvchining kasbiy kompetensiyasi, pedagogik mahorati, kommunikativ madaniyati va ijtimoiy mas’uliyati alohida tadqiq etiladi. Ta’lim jarayonida inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda barkamol shaxsni shakllantirishning muhim jihatlari ochib berilgan. Shu bilan birga, pedagog kasbining jamiyat taraqqiyotidagi strategik oʻrni va oʻqituvchining ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirishdagi yetakchi vazifalari asoslab beriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba